Namanganda “yashirin ombor”lar fosh etildi
3-sahifa
−
08:05 3230 1 daqiqa
Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1971, 1975 va 1990 yillarda tug‘ilgan 3 fuqaro tomonidan tumanning “O‘rikzor”, “Gulobod” va “Mahdumi A’zam” MFY hududlarida tashkil etilgan 3 ta “yashirin ombor” fosh etilgan.
Natijada 723 turdagi jami 57422 dona xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan, shuningdek, ayrimlarining yaroqlilik muddati o‘tgan kontrafakt dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Qolaversa, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi, 1965 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadonida tegishli litsenziyasiz dorixona tashkil qilib, 82 turdagi jami 1520 dona me’yoriy hujjati bo‘lmagan dori vositalarini sotib kelayotganligi aniqlangan.
Bu kabi qonunbuzilish holati Samarqand shahrida ham qayd etilgan. Mahalliy fuqaro ijaraga olgan omborxonalarda 225 turdagi jami 14322 dona iste’molga yaroqsiz dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinayotgani xodimlar tomonidan fosh etilgan.
Hozirda har uchala holatda olingan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilingandi.
Live
Barchasi