Urgutda Tojikistondan qariyb 30 kg narkotikni olib o‘tganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 mart 3211 2 daqiqa
Samarqand viloyatida xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolingan.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yashovchi, 1989 va 1992 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro aylanma yo‘llar orqali Tojikiston Respublikasining Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan sof og‘irligi 14 kg 766 gr “opiy” va 14 kg 958 gr “gashish” moddalarini olib, o‘zbek-tojik davlat chegarasini buzgan holda, O‘zbekiston hududiga qaytib o‘tgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Boshqa holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Samarqand shahar “Orzu” MFY hududida joylashgan xususiy avtomashina garaji xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada undagi maxsus tayyorlangan xufiya joyda bo‘lgan marmar toshlar orasiga 9 kg 40 gr “opiy” ekstraksiyasi yashirilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garaj egasini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etish joiz, har ikki holatdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunchilikda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 26 yoshli fuqaro o‘z uyida narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlangan edi. https://qalampir.uz/news/navoiyda-uz-uyini-narkolaboratoriya-k-ilgan-shakhs-ushlandi-video-133747
Live
Barchasi