Namanganda uyida “gashish” saqlagan shaxs qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
20 iyul 1381 1 daqiqa
Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 39 gramm gashish saqlagan va sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlatobod tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumanda yashovchi fuqaro giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan. U shartli xaridorga 1 mln 200 ming so‘m evaziga 4,95 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan paytda qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng gumonlanuvchining yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tintuv jarayonida uning uyidan yana 4 bo‘lak holda umumiy og‘irligi 34,41 gramm bo‘lgan “gashish” topilib, belgilangan tartibda daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlash va tarqatishda gumonlanayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi