Namanganda o‘ldirib ketilgan bola oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan
3-sahifa
−
18 noyabr 2020
36239Joriy yilning 15 noyabr kuni Namangan viloyati Norin tumanidagi dala shiyponida 8 yashar I.U.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergan edik. “Zamon” axborot-tahliliy dasturi muxbiri Umida Qo‘shoqova bolaning murdasi topilgan joyga bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum bolakay 15 noyabr tonggi soat 08:30 larda uy parrandalarini boqish uchun ko‘chaga chiqqan va bedarak yo‘qolgan. Xuddi shu kuni 20:30 larda dala shiyponidan uning jasadi topilgan.
Norin tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi katta inspektori Dilmurod Mamajonov aytishicha, dala shiyponining o‘tinxonasidan og‘ir tan jarohati olgan xushsiz holdagi bola jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan. Hozirda bir oilaning yolg‘iz farzandini o‘ldirgan qotil aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat bo‘yicha joriy yilning 15 noyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi