Namanganda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan, 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan tuman ichki ishlar organlariga 8-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi voyaga yetmagan farzandiga nisbatan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan hamda unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan har tomonlama, to‘liq va xolis tergov harakatlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan yilning oktyabr oyida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan zo'rlash 6-sinf o'quvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing