Namanganda uch yigitning ofitsiant qizga shilqimlik qilishi pichoqbozlik bilan tugadi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 aprel kuni Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi kafeda uch yigit avval ularga xizmat qilayotgan ofitsiant qizga shilqimlik qilib, so‘ng janjal uyushtirdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

5 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongir tumanning “Kichik Jomasho‘y” mahallasida joylashgan “Vodiy” umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilib, uni sochidan ushlab tortgan. So‘ng yigitlarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlaganlar va ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutaliga qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar “yengil” hamda S.Burgutali “o‘rtacha og‘ir” tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongir ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqani aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan bezorilik

Baholaganlar

597

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing