Namanganda tormozi ishlamay qolgan Isuzu ag‘darilib ketdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
10 Sentabr 2021
6214Bugun, 10 sentyabr kuni Namanganda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH soat 04:30da Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 250-kilometrida yuz bergan. 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi J.A. Isuzu rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan. Bu esa o‘zidan oldinda bo‘lgan boshqa bir Isuzu rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib, ag‘darilib ketishiga olib kelgan.
YTH oqibatida, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi