Namanganda tashkil etilgan yangi tumanning hududiy chegarasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 avgust kuni Oliy Majlis Senatining bo‘lib o‘tgan yettinchi yalpi majlisida Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish haqidagi qarori tasdiqlangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan shahri tarkibida yangidan tashkil etilgan tuman hududida 25 ta mahalla fuqarolari yig‘ini, 33850 ta xonadon, 421 ta ko‘p qavatli uy bo‘ladi.

Bundan tashqari, tumanda 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumta’lim maktabi, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 1280 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 698 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti, 429 ta sanoat korxonasi hamda 2 ta madaniy meros ob’ekti mavjud. 

Qayd etilishicha, tuman aholisi 149,6 ming nafarni tashkil etib, Namangan shahar aholisining 23,8 foizini qamrab oladi. 

“Mazkur hudud istiqbolda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi hisobiga urbanizatsiya jarayoni jadallashishiga, shuningdek, yangi infratuzilma ob’ektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi yanada rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Davlatobod

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing