Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Avvalroq Namangandagi poliklinikada fuqaro tibbiyot xodimini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Keyinroq holat yuzasidan jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilgandi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan 2 nafar shaxs protsessual tartibda qo‘lga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyul kuni Namangan shahar 10-sonli oilaviy poliklinikada ishlovchi shifokor oldiga ikki fuqaro sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganidan shikoyat qilib, tibbiy yordam so‘rab kelgan. 

So‘ngra, shifokor tibbiy ko‘rikni o‘tkazib, tana harorati ko‘tarilmaganini aytganida, ko‘rikka kelgan fuqarolardan biri noto‘g‘ri tashxis qo‘yildi, deb janjal ko‘tarib shifokorni urgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing