Namanganda salkam 3 kilogramlik narkotik moddalarning aylanmasiga chek qo‘yildi

3-sahifa

image

Toshkent-Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt mashinasi Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasida 1 kg 874 gr “opiy” moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali o‘tkazilgan.

Shuningdek, Namangan-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobili ham Pop tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, 901 gr “opiy” moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg narkotik modda musodara qilingani haqida xabar bergan edik.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing