Namanganda reklama banneri qulab, bir kishini bosib qoldi

Jamiyat

image

Namanganda reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, bir kishini bosib qoldi. Jabrlanuvchi voqea joyida xushini yo‘qotgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi

Unga ko‘ra, shu yilning 1 may kuni Namangan shahrida joylashgan reklama banneri fundamentidan o‘pirilib, yerga tushishi oqibatida 1997 yilda tug‘ilgan erkak tan jarohati olgan va joyida xushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng, voqea joyidagi fuqarolarning ko‘magida jabrlangan shaxs darhol shifoxonaga olib ketilgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Gidrometeorologik ilmiy tahlillar bo‘yicha mutaxassis, iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov reklama banneri qulab tushgan hududda kuzatilgan shamol tezligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mazkur uncha uzoq bo‘lmagan "Namangan" xalqaro aeroportidagi meteorologik punktda soat 18:30 da shamol tezligi 10 m/s, kuchayganda 19 m/s ga yetgan. 

“Mazkur shamol kuchi juda ham nomustahkam o‘rnatilgan reklama shitlarini qulatish kuchiga ega bo‘ladi, xolos. Shamolning maksimal tezligi bo‘yicha yana aniqroq ma’lumotlar beriladi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan reklama banneri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing