Namanganda poyezd va yuk mashinasi to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 20 fevral kuni Namangan tumanida elektropoyezd va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 7:10 larda Rouston-To‘raqo‘rg‘on temir yo‘l oralig‘idagi 82 km. 9-piketda yuz bergan. “Mirishkor” MFY hududidan o‘tgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Farg‘ona viloyatida yashovchi 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Zil-131” rusumli yuk mashinasi harakat xavfsizligini ta’minlay olmaslik oqibatida temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan elektropoyezd bilan to‘qnashgan. 

Natijada Zil-131 haydovchisi ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘ng tomon qo‘vurg‘alari yopiq sinishi tan jarohati bilan Namangan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Elektropoyezd esa soat 07:48 da harakatni davom ettirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing