Namanganda piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qochib ketdi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
4471Joriy yilning 10 fevral kuni soat taxminan 21:00 da Chortoq-Kalishox-Xazratshoh 4R-119 avtomobil yo‘lining Chortoq tumani Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan 20 kilometrida noma’lum avtomashina haydovchisi yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan piyoda 62 yoshli O.Q.,ni urib yuborib, hodisa joyidan qochib yashiringan. Oqibatda O.Q. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. o‘zining boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi