Namanganda piyoda YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
14 fevral 2021
4466Joriy yil 10 fevral kuni Namanganda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda vafot etdi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Hodisa soat 12:10 larda, Kosonsoy-Iskovot yo‘lining 14 kmda yuz bergan. Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga burilayotib, harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonida turgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.