Namanganda ona va bola YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
02 yanvar 2021
9090O‘tgan yilning 31 dekabr kuni Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 34 yoshli ayol va 3 yashar qiz vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
YTH soat 23:00 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 258 km.da, Pop tumani “Qo‘shminor MFY” hududida yuz bergan. Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Gentra rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashinasini orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.
Natijada, Gentra rusumli avtomashinasi yo‘l chetiga chiqib qiyalikka ag‘darilib ketgan.
Avtomashinada bo‘lgan haydovchining 1986 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2017 yilda tug‘ilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 1 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi