Namanganda ona va 2 farzandi is gazi qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 17 noyabr kuni Namangan viloyati Uychi tumanida bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlandi. Natijada 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

17 noyabr kuni soat 03:10larda Uychi tumani “Do‘stlik” MFY, Mirishkor ko‘chasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlangan. Voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan (xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi), 1 nafar fuqaro (xonadon sohibi) tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur mudhish voqea sabablari o‘rganilganda, gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan. Xonadonda qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan, natijada is gazi hosil bo‘lib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan is gazi

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing