Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

3-sahifa

image
Toshkentda bolani urgan bog‘cha xodimasi yana ishga olindimi? (video) north_east

Toshkentda bolani urgan bog‘cha xodimasi yana ishga olindimi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani, biroq unga birinchi yordam qilinmay, 3-4 soat qarovsiz ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Pop tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. ismli 1994 yilda tug‘ilgan ayol voyaga yetmagan 1,5 yoshli qiz farzandi (2023 yilning noyabr oyida tug‘ilgan) ni vaqtincha parvarish uchun S.S.ga topshirgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng, farzandini olgani kelganida bolaning oyog‘i kuyganidan xabar topgan.

Ayol farzandini shifokorga olib borib, bolaga ayni kuygan payti zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘lgan va shu tufayli ona va S.S. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan ayol 2 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan bog'cha tarbiyachisi Pop tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing