Namanganda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
03 iyul 2591 1 daqiqa
Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan 1 kg 119 gr “gashish”, 111 gr “marixuana”, 493 gr kukunsimon moddalar, sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan formulalar ro‘yxati yozilgan varaqlar, turli xildagi kimyoviy suyuqliklar, giyohvandlik vositalarini qadoqlashda ishlatiladigan zip-paketlar, respiratorlar, elektron tarozilar, quritish moslamalari va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 6-qismi “a” bandi hamda 276-1-moddasi (g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi