Namanganda “Moskvich” ariqqa ag‘darildi. Bir kishi qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
27 Fevral 2021 4504 1 daqiqa
Joriy yilning 24 fevral kuni Namangan shahrida “Moskvich” rusumli avtomobilning ariqqa ag‘darilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Soat 10:30 larda, Namangan shahar “Mexribonlik” MFY 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chasida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu ko‘chadan oqib o‘tgan “Yangi ariq” arig‘iga ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan mahalladoshi, 1962 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jaroxati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr