Namanganda Mercedes-Benz bilan 6 ta qoidani buzgan “shovvoz” ushlandi
3-sahifa
−
03 yanvar
62911 yanvar kuni Namangan shahar Islom Karimov ko‘chasida bir nechta qoidabuzarlikni sodir etgan Mercedes-Benz haydovchisi ushlandi. Bu haqda IIV YHXX xabar berdi.
Bildirilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi mashina boshqarish vaqtida Instagram'dagi profili orqali jonli efir uyushtirgan. Shuningdek, avtomobilni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalangan. Ushbu qoidabuzarliklar uchun u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.
Ammo bu hammasi emas. Haydovchiga, shuningdek, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamagani, avariya holatini keltirib chiqargani, avtomobil davlat raqami belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib olgani hamda tusi o‘zgartirilgan transport vositasidan foydalangani uchun ham ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, mashina ham qoidabuzarga tegishli bo‘lmagan. Shu sababli unga tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargani uchun yo‘l harakati qoidalarining 7-bandini buzgan deb hisoblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan javobgarlik belgilandi.
“Mashinani haydash uchun egasidan vaqtinchalik so‘rab turganmiz. Shu sababli mashinada ozgina sinov o‘tkazdik, bu o‘zimga va yon atrofimdagilar uchun xavfli ekan. Yetarlicha xulosa chiqardim, O‘zbekiston va Namangan xalqidan uzr so‘rayman”, deydi haydovchi.
Ushbu ayblovlar asosida Mercedes-Benz avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil mart oyidan boshlab yetti oy davomida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 1 ming 115 kishi halok bo‘lgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan.
LiveBarchasi