Namanganda mahalliy aholi fermer xo‘jaligi rahbari va ishchilarini kaltakladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 17 mart kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida ikki kishi fermer xo‘jaligiga kelib, xo‘jalik rahbari va uning ishchilarini kaltaklab, ularning ko‘plab mulklariga zarar yetkazdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa yuz bergan kun soat 12:30 larda 24 yoshli Tohir B. va 34 yoshli Maxmud O. tumandagi “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan bog‘dorchilikka asoslangan fermer xo‘jaligiga kelib, ushbu xo‘jalik direktori 55 yoshli Kamol M. hamda ishchilari 26 yoshli Murodjon R., 34 yoshli Sardor Q., 47 yoshli Alisher X., 28 yoshli Jaxongir X., 39 yoshli Arabboy T.ni hech bir sababsiz urib, ularga turli darajada tan jaroxatlari yetkazgan. So‘ng fermer xo‘jaligi ishchilariga tegishli bo‘lgan Nexia-3, Niva, Hyundai, Mersedes-benz rusumli avtomobillari, Samsung rusumli ekskovator, fermer xo‘jaligining dala shiyponi oynalarini tosh bilan urib shikastlagan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Tohir B., va Maxmud O.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fermer xo‘jaligining direktori Kamol M.ning oldiga “O‘zbekiston” MFYda yashovchi fuqarolar Dilfuza U. va uning singlisi Nigora U.lar kelib, go‘yoki mahalladagi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olayotganligini ro‘kach qilib, u bilan nizolashgan. Bu haqida “O‘zbekiston” MFYda yashovchi boshqa fuqarolarga borib aytib, o‘zlari bilan 50-60 nafar ayol va erkaklarni fermer xo‘jaligining yer maydoniga boshlab kelishlari natijasida ushbu jinoyat sodir etilganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan fermer

Baholaganlar

366

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing