Namanganda Kia Bongo'ning gaz balloni portladi (foto)
3-sahifa
−
26 noyabr 2023 13134 1 daqiqa
Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida Kia Bongo'ning gaz balloni portladi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 noyabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Xo‘jand” MFYda joylashgan “Metan” AGQSHda gaz to‘ldirish vaqtida Kia Bongo rusumli avtomobilga qo‘shimcha o‘rnatilgan propan suyultirilgan gaz balloni portlagan.

Viloyat FVBga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida tan jarohat olish holatlari va yong‘in sodir bo‘lmagan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” yo‘lida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan Isuzu avtobusining gaz balloni portlagani haqida xabar bergan edik. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusning gaz balloni portlashi oqibatida 24 nafar yo‘lovchi jabrlangan.
Live
Barchasi