Namanganda xalqaro investitsion forum o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari Namangan shahrida “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum 2019 yil 7 iyun kuni “Namangan” xalqaro aeroportida ishtirokchilarni kutib olishdan boshlanadi.

Xorijdan nufuzli mehmonlar, chet ellik va mahalliy sarmoyadorlar, tadbirkorlar, viloyat hokimligi vakillari ishtirok etadigan forum doirasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Shundan so‘ng, “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar ochilish marosimidan so‘ng Namangan shahridagi “Davlat xizmatlar markazi” binosida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha muhokamalarda qatnashadi. 

Kun davomida “Pahlavon” majmuasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi, yangi investitsiya loyihalari taqdimoti, “B2G” va “B2B” formatdagi kooperatsion birjalari hamda press-brifing bo‘lib o‘tadi.

Forumning ilk kuni yakunida “Shodiyona” majmuasida viloyat hokimi nomidan rasmiy qabul marosimi, konsert dasturi tashkil etiladi. 

Tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilar Namangan shahridagi “Istiqlol dizayn markazi”, “Art Soft Tex” korxonalari faoliyati bilan ham tanishadi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon To‘ra Ibrat” nomli bog‘, muzey va til maktabi, “Axsikent” arxeologik yodgorlik majmuasiga boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida bo‘lgan yig‘ilishda Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqilgani haqida ta’kidlagan edi. 

Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 1 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan investitsiya xalqaro forum

Baholaganlar

9

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing