Namanganda kanalda oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 15 iyun kuni soat 19:40 larda Namangan viloyatining Chortoq tumanida kanalda oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari “Katta Namangan kanali”da ayol oqib ketayotganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘ziga keltirilgan ayol tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o‘nglangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan kanal

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing