Namanganda qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
14 avgust
7586Avvalroq, Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi – ona va uning ikki nafar farzandi pichoqlab, o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 avgust kuni soat 21:40 lar chamasida Pop tumani, “Boyon” MFY, Boyon-3 ko‘chasida yashovchi fuqaro M. A. (erkak) qarindoshi R. M. (ayol)ning yashash xonadoniga borib, ushbu xonadonda avvaldan mavjud bo‘lgan mulkiy nizo sababli janjallashib, ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini pichoq bilan qasddan urib o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak qo‘lga olindi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyatida er xotinini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgandi.
LiveBarchasi