Namanganda inson buyragini 4 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatida inson buyragini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Aniqlanishicha, viloyatning Kosonsoy tumanida yashovchi shaxs Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro bilan gaplashib, uning bir buyragini sotib berishga kelishgan. Kelishuvga ko‘ra, ular Tojikistonga borishi va jarrohlik amaliyoti o‘sha yerda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. U buyrak evaziga 4 ming AQsh dollari berishini aytgan.

Ushbu shaxs fuqaroni qalbaki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar bilan Toshkentga olib kelayotgan vaqtida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 133-prim 1 moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan inson buyragi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing