Namanganda ikki kishi 21 yoshli bank kassirini 3-qavatdan tashlab yubordi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida ikki nafar shaxs bank xodimini qasddan 3-qavatdan itarib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahridagi “Obihayot” MFY Ibrat ko‘chasida ijara asosida istiqomat qiluvchi 22 yoshli X.M. va uning tanishi N.L. 21 yoshli bank kassiri M. A. bilan o‘zaro tortishgan. Ular bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida uni qo‘p qavatli xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, 3-qavatdan pastga itarib yuborgan.

Shundan so‘ng ular yashirinish maqsadida Spark rusumli avtomashinasida voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketgan.

Jabrlanuvchiga voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonning hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, u shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan. Shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, fuqaro M.A.dagi jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-(Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov o‘z uyida o‘ldirib ketilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan bank kassir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing