Namanganda ikki qiz tog‘ arg‘imchog‘idan tushib ketdimi? FVV izoh berdi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chodak dam olish maskanida ikki qiz arg‘imchoqdan tushib ketgani aytilgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, muhokamalarga sabab bo‘layotgan video lavhada bir yil avval boshqa mamlakatda sodir bo‘lgan voqea tasvirlangan va mazkur oromgoh bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda ushbu videodagi holat Chodak dam olish maskanida emas, bir yil oldin chet mamlakatlarning birida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida joylashgan dam olish maskanlaridan birida kanatning to‘xtab qolishi oqibatida odamlar osilib qolgan edi. Shuningdek, Toshkentdagi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan attraksiondan 2 nafar shaxs yiqilib tushgandi


Maqola muallifi

Teglar

FVV Namangan Chodak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made