Namanganda erkak mast tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
10 may 2021
5993Namangan viloyatining Pop tumanida mast holdagi erkaklarning o‘zaro janjali ayanchli yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Joriy yilning 6 may kuni soat 22:00 larda Hazratibob shoh ko‘chasi hududida 38 yoshli D.Umidjon 52 yoshli G.Toxirjon bilan mast holatda o‘zaro janjallashib qolishlari oqibatida uni yuz qismiga bir marotaba mushti bilan urgan. Natijada G.Toxirjon bo‘y baravari yiqilishi natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.Umidjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida marhum G.Toxirjon D.Umidjonni yoshligida sodir qilgan o‘g‘riligini eslatib mazax qilib, uni yuz qismiga bir shapaloq urganligi natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi