Namanganda erkak xotini va uch farzandini boltada chopib, so‘ng o‘zini yoqib yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 iyun kuni Namangan shahri “Yangi Zamin” mahallasida er xotini va o‘zini o‘ldirib, mudhish jinoyat sodir etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.

44 yoshli U.X. ismli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolishi oqibatida 36 yoshli turmush o‘rtog‘ining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voyaga yetmagan farzandlari — 10 va 8 yoshli qizlari, shuningdek, 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 4 oylik chaqaloq voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar qiz esa tan jarohati olib, qo‘shnisi A.D. ning uyiga qochib chiqishga ulgurgan.

Sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng, U.X. yashash uyining oshxonasida o‘zini yoqib yuborib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan U.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Namangan

Baholaganlar

2409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing