Namanganda erini o‘ldirib, tilla tishlarini sindirib olgan ayol qamaldi
3-sahifa
−
13 iyul 2023
14982Namangan viloyatining Pop tumanida erini pichoqlab, tilla tishlarini sindirib olgan ayol 13 yilu 3 oyga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Oliy sud Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 2022 yilning 12 avgust kuni Namangan viloyati Pop tumanining “Istiqbol” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Ushbu uyda yashovchi ayol U.U. eri D.Y.ning uxlab yotganidan foydalanib, yostiq ostida turgan osh pichoq bilan qasddan o‘ldirish maqsadida to‘satdan unga hujum qilib, avval chap bel va qo‘ltiq sohalariga ikki marotaba urgan.
D.Y. baqirgan holda uyg‘onib, o‘zini himoya qilish maqsadida sakrab o‘rnidan turganida, olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli muvozanatini yo‘qotgan va xona devor ostiga suyangan holda yiqilgan.
U.U. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ojiz ahvolda qolgan turmush o‘rtog‘i D.Y.ning oldi chap ko‘krak sohasiga ikki marotaba urib, uni o‘ldirgan.
Shundan so‘ng U.U. turmush o‘rtog‘ining og‘iz bo‘shlig‘idagi tishlarida bo‘lgan 4 dona tilla qoplamalarni o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, g‘isht bo‘lagi bilan tishlarini urib, sindirib olib, xonaga to‘shab qo‘yilgan linoleum ostiga yashirib qo‘ygan.
Ertasi kuni U.U. sodir etgan jinoyat izlari va turmush o‘rtog‘i D.Y.ning murdasini yashirish maqsadida, uni o‘rab, boshiga qop kiydirib, sandiqqa solgan. Sandiqni kanalga tashlab, marhum erining og‘zidan qoqib tushirgan tilla tishlarni 1 400 000 so‘mga sotgan.
LiveBarchasi