Namanganda er rashk sabab xotinini pichoqladi
3-sahifa
−
27 iyul 2021
8648Joriy yil 23 iyul kuni Namangan viloyati Norin tumanida erkak raksh sabab turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Ayol olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Norin tumanida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro 1987 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘ining chevarxonasiga mast holatda borib, “Sen nega boshqa yigitlar bilan telefonda gaplashyapsan” deb, uni rashk qilib, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan o‘ng bilak sohasi va chap ko‘krak sohasiga urgan.
Natijada, ayol og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
LiveBarchasi