Namanganda er-xotin tarvuzdan zaharlanib, vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 avgust kuni Namangan viloyatining Norin tumanida er-xotin tarvuzdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Norin tumani, “Katta yaydoq” MFYda yashovchi fuqarolar J.X. (68 yosh, erkak) va uning turmush o‘rtog‘i M.E. (63 yosh, ayol) hamda farzandlari G.X. (35 yosh, ayol), R.X. (31 yosh, ayol) va nabiralari S.R. (10 yosh), U.R. (6 yosh) yashash xonadonida ovqat va tarvuzdan zaharlangan. Oqibatda J.X. va M.E. o‘z xonadonida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, tarvuz 7 avgust kuni sotib olinib, ikki kunda muzlatkichda saqlangan va 9 avgustda iste’mol qilingan.

Fuqaro G.X, R.X va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan. Norin tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining 11 avgustdagi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhum J.X. va M.E.ning o‘limiga – noma’lum agentdan (ovqat mahsulotidan) zaharlanishi, ichki a’zolar shok holati, qonni suyuq holda bo‘lishi, surunkali yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miya o‘pka shishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlarini hamda singlisi R.X. zaharlanishining sababiga aniqlik kiritish uchun, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tarvuz

Baholaganlar

578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing