Namanganda Cobalt va Damas to‘qnashdi. Qurbon va jabrlanuvchilar bor
3-sahifa
−
01 noyabr 2021
4232Joriy yilning 27 oktyabr kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Damas rusumli avtomobillar to‘nashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
YTH soat 16:30 larda tumandagi “Langarbobo” MFY hududida yuz bergan. To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Cobalt rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada qarshisidan harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Damas rusumli avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan ayol va birga yashagan o‘g‘li olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.
Damas haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, qovurg‘a suyaklarini yopiq sinishi jarohatini olgan. Yo‘lovchilar: To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1992 yilda ayol bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagini chiqishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq shikasti, 2019 yilda tug‘ilgan qiz peshona sohasi va ko‘krak qafasi lat yeyishi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1957 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi, 1951 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 27 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi