Namanganda bog‘cha bolalari qabristonga ziyoratga olib borildi (video)
Jamiyat
−
14 may
13332Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bog‘cha bolalari Damas avtomashinasiga me’yordan ortiq miqdorda o‘tqazilgani hamda ular qabristonga olib borilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Chortoq tumanidagi “Zukko Bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni qay tarzda o‘tkazish bo‘yicha berilgan tavsiya xatiga qaramay, joriy yilning 8 may kuni mazkur maskan rahbari, tadbirkor O‘g‘ilxon Muhiddinova tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvchi “Tol mozor” qabristoniga ziyorat qilish uchun olib borilgani aniqlangan.
“Ushbu holat “Iftixor” MFY raisi, bir qator nuroniylar hamda 20 nafar tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolaning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi doirasida amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi”, deyiladi boshqarma munosabatida.
Bildirilishicha, o‘z vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa rahbari jiddiy ogohlantirilgan.
Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, bu kabi tadbirlarga topshiriq berilmagan. "Ilk qadam" davlat dasturida bu kabi mashg‘ulotlar va tadbirlar o‘tkazilishi va bolalarni qabristonga olib borish taqiqlangan.
LiveBarchasi