Namanganda betonga urilgan avtomobildagi ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 3 sentyabr kuni soat 01:30 larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli Sh.N. Lacetti rusumli avtomashinasini To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan”  yo‘lining 69-kmda haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada haydovchi Sh.N. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda “Movarounnaxr” mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi Sh.N. va O.A. shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing