Namanganda ajrashganlarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayollar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Namangan shahrida yosh va turmushdan ajrashgan ayollarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlandi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Davlatobod tumani va Namangan shahrida yashovchi ikki nafar ayol oldindan til biriktirgan holda yosh va turmushdan ajraganlarni chet davlatiga, xususan Turkiya Respublikasiga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun jo‘natishga harakat qilayotganliklari aniqlangan.

Surishtiruv natijasida mazkur shaxslar Yangi Namangan tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan qizni turli va’da va yolg‘on ma’lumotlar orqali ishonchiga kirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlati Anqara shahriga fohishalik qilish uchun yuborayotgan paytda xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroportida Turkiya davlatiga fohishalik maqsadida ketayotgan 2 ayol ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Namangan odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing