Namanganda 70 ga yaqinlashgan chol 7 yashar qizga uyatsiz, buzuq harakat qildi
3-sahifa
−
01 may
12566Ijtimoiy tarmoqlarda 7 yoshli qizga 60 yoshli erkak tahdid qilib, o‘zining g‘arazli niyatini amalga oshirgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va o‘z arizasida joriy yilning 27 mart kuni 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz va buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.
Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5 aprel kuni Namangan shahar ichki ishlar organlari tergov bo‘limi tomonidan I.B. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bolalar ombudsmanining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, surishtiruv davomida ayblanuvchi erkak 1956 yilda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda 60 emas, 68 yoshda ekani aniqlangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 yashar qizni zo‘rlagan erkakka 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi