Namanganda 6 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
04 Oktabr 2021
5852Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yashar bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 17:00 larda shaharning “Yakkasada” MFY hududida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro o‘zi ishlovchi MCHJga tegishli Isuzu yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Jabrlanuvchi Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan 2015 yilda tug‘ilgan bola bo‘lib, u olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi