Namanganda 5 mlrd so‘mdan ko‘proq qiymatdagi elektr energiyasi o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida energiya resurslaridan 61 holatda noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi. 

Aniqlanishicha, ushbu holatlar bo‘yicha zarar 5 milliard 70 million so‘mni tashkil etgan.

Xususan, Chortoq tumanida joylashgan "Ch.M.V." MCHJda elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi natijasida 1 mlrd 683 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan. To‘raqo‘rg‘on tumanida esa "S.S.M." MCHJ o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 319,9 mln so‘mlik zarar keltirgan.

"Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi", deyiladi bu haqdagi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi metan "zapravka"da  37,5 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlangandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing