Namanganda 4 mlrd so‘mdan ortiq gaz talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
17 aprel 2023
4916Namangan shahri Davlatobod tumanida gaz ta’minotiga noqonuniy ulanib, 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgan korxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur korxona yashirin tarmoqqa ulanib noqonuniy ravishda ohak pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz iste’mol qilingani aniqlangan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ma’muriy tarzda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
“Fursatdan foydalanib, “Hududgaz Namangan” iste’molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzmasliklarini so‘rab qoladi va bunday huquqbuzarliklar qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi