Namanganda 29 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 29 yoshli ayol o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan ayol yashash uyi hovlisida o‘zining tana qismiga benzin sepib, o‘zini o‘zi yoqib yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning 4 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan va hech qayerda ishlamagan. 

“Mazkur hodisa oqibatida ayol vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deydi Hayot Shamsuddinov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 1991 yilda tug‘ilgan ayol ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiqo'rg'on yoqib yubordi 29 yoshli ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing