Namanganda 26 yoshli yigit daryoga cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
13 iyul 2021 6840 1 daqiqa
Joriy yilning 11 iyul kuni Namangan viloyatidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosida 26 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Soat 16:46 lar chamasida viloyat FVB Navbatchilik qismining qisqa 1050 raqamiga Uychi tuman O‘nxayat mahalla fuqarolar yig‘ini Shodyona ko‘chasi 21-uyda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan R.R. ismli hamda yana 2 nafar fuqarolar Uychi tuman “Qumtepa” MFY xududidan oqib o‘tgan “Norin” daryosida cho‘kib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yordamga kelib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun 2 nafar fuqaro mahalliy aholi tomonidan qutqarib olingan.
Tezkorlik bilan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida R.R. ismli fuqaroning jasadi daryoning 2,5 metr chuqurligidan topilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr