Namanganda 19 yoshli yigit mashinada yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
27 may 2025 14930 1 daqiqa
Joriy yilning 25 may kuni Namangan shahrida 2006 yilda tug‘ilgan yigit Nexia-3 rusumli avtomobilida yong‘in chiqishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:49 larda Namangan shahar “Yangi asr” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 87 kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, archa daraxtiga urilgan. YTH oqibatida avtomashinada yong‘in bo‘layotgani haqida FVBga xabar tushgan.
Bildirilishicha, xabarga asosan soat 21:03 da yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:05 da qutqaruvchilar va fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan. Oqibatda avtomashina to‘liq yonib, zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida Kamaz va Isuzu to‘qnashgandi. Oqibatda Isuzu yonib ketib, mashina ichidagi 2 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025