Namanganda 18 yoshli qiz attraksion sinovi vaqtida qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2019
11500“Afsonalar Vodiysi” bog‘ining 2001 yilda tug‘ilgan ishchisi E.X. yangi attraksionni sinovdan o‘tkazish vaqtida halok bo‘ldi.
Joriy yilning 30 sentyabr kuni soat 15:40 larda Namangan shahridagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida qutqaruvchi vazifasida ishlagan E.X. bog‘da joylashgan, qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksioniga sinov o‘tkazilayotgan vaqtda ruxsatsiz chiqib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksionning temir truba qismiga urilib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida E.X. (2001 y.t.) “Namangan Istiqlol bog‘i” MCHJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida joriy yilning avgust oyidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelgani va uning asosiy ish joyi bog‘da joylashgan “akvapark” suv havzasida bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi