Kurs UZS

USD

12 933.16

-14.94

EUR

14 719.23

23.14

RUB

158.28

1.35

Namanganda 16 yoshli qizning mashina haydashi oqibatida onasi va singlisi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatida “prava”siz 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark  kanalga tushib ketishi oqibatida mashina ichidagi 2 kishi (qizning onasi va singlisi) halok bo‘ldi. Qizga mashina boshqaruvini bergan ota va uning o‘zi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 mart kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yo‘q 16 yoshli qiziga topshirgan. Haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa esa o‘zi o‘tirgan. Orqa o‘rindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi ham bo‘lgan. Voyaga yetmagan qiz avtomobilni ichki yo‘lda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida orqa o‘rindiqdagi kichik qizaloq va ona nafas yo‘liga suv tiqilish tashxisi bilan vafot etgan. Voyaga yetmagan haydovchi va unga rulni bergan ota tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va old o‘rindiqdagi sinfdoshi og‘ir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida 11-sinf o‘quvchisi avtomobilni 9-sinf o‘quvchilariga 2 soatga 220 ming so‘m evaziga ijaraga bergani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan Spark Uchqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing