Namanganda 14 yoshli bola telefon uchun onasi va buvisini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir bola onasini urgani aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.

Uning ma’lum qilishicha, holat 24 aprel kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, 38 yoshli S.Sh. yashash xonadonida 14 yoshli o‘g‘li R.A. bilan maishiy sabablarda (bolaning buzilgan uyali telefoni ta’mirga berilmay, oila a’zolari tomonidan tashlab yuborilganligi tufayli) nizolashib, ona va o‘g‘il bir-birini urgan. 

Nizoni, ayolning onasi, bolaning buvisi X.A. to‘xtatishga uringanida bola buvisiga ham qo‘l ko‘targan. Bildirilishicha, bola xulqidagi mazkur salbiy holat yuzasidan tuman mutasaddilari tegishli choralar ko‘rmoqda.

“Bola tarbiyasi borasida ahamiyatsiz jihatning o‘zi yo‘q. Bola o‘zini tutishi, uning axloqi – oila a’zolarining, ayniqsa ota-onaning xulqi, bolaga bo‘lgan munosabati ko‘zgusidir. Ota-onalar farzand tarbiyasiga mas’ul, uning qiziqishlari va xulqidagi salbiy o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tiborli bo‘lish shunday xunuk vaziyatlardan saqlaydi”, dedi Surayyo Rahmonova tahririyat jurnalisti bilan muloqotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda erkak o‘ziga qarindosh ayol va uning onasini kaltaklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan buzilgan uyali telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing