Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi
Jamiyat
−
10 iyun 2020 5739 1 daqiqa
Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan G‘urumsaroy qishlog‘ining 2,2 gektarida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat. Shuningdek, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta’minlangan.
Endilikda karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurish ishlari rejalashtirilmoqda.


Ta’kidlanishicha, bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. 270 nafar muhandis va quruvchi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada ish tashkil etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025