Namanganda 10-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, o‘z maktabdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 mart kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 23-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomobilini boshqarib, bir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yosh haydovchi otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib borayotganda, xavfsizlikni ta’minlay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan 23-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisini urib yuboradi. Hodisa oqibatida bola shifoxonada vafot etadi.

Qayd etilishicha, 10-sinf o‘quvchisi mashinani uydan haydab chiqayotgan vaqtda uy ichida hech kim bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida “prava”siz 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketishi oqibatida mashina ichidagi 2 kishi (qizning onasi va singlisi) halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Qizga mashina boshqaruvini bergan ota va uning o‘zi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing