Namanganda haydovchi “Jiguli”da YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Namangan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH soat 22:30 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 28 km.da yuz bergan. Pop tumani “Uch uyli” MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro, Toshkent viloyatida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro nomida bo‘lgan VAZ-2103 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, yo‘lning qatnov qismi nam holatda bo‘lganligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan beton ariqqa urilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘shma shikasti, bosh miya og‘ir ochiq shikasti, chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing